2 711
Kanchelskis «Navbahor» tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida: «Ular hammasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi»
Foto: «Navbahor» FK
Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis «Navbahor» bilan tuzilgan shartnomasining bekor bo‘lganidan keyin to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida fikr bildirib o‘tdi.
9 oktabr kuni «Navbahor» Kanchelskisni iste’foga chiqargani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, mutaxassis to‘rt oydan buyon maosh olmayotgani va bu borada FIFAga shikoyat qilish niyatida ekani aytilgandi.
- "Hozircha «Navbahor» bilan munozara ketmoqda, ular tinch yo‘ldan bormoqchi. Muzokaralar olib boryapmiz, menga ham, ularga ham ortiqcha tortishuv va shovqin kerak emas. Shartnoma bor va unda to‘lanishi kerak bo‘lgan miqdor ko‘rsatib qo‘yilgan. Ular tomonidan hozircha hammasi joyida va aniq.
O‘ylashimcha, bir haftadan keyin masalani hal qilamiz. Ular qo‘ng‘iroq qilishni boshladimi, demak, hammasi tinch o‘tishini istamoqda", - deydi «Navbahor» sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis.
Kanchelskis 2018 yilning oktabrida namanganliklar boshqaruviga kelgandi. Mutaxassis 2019 yilning avgustida iste’foga chiqarilgan, biroq o‘sha yilning o‘zida yana o‘z lavozimiga qaytarilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar