21:56 / 05.11.2020
2 110

Shota Arveladze derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Shota Arveladze derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Coca Cola Superligasi 18-turining qoldirilgan o‘yinida "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda "qaldirg‘ochlar" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, "sherlar"ning chempionlikni rasman nishonlashiga yo‘l qo‘ymadi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘ylashimcha, qiziqarli bahs kechdi. Bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. O‘yin oxirida kartochkalar ko‘payib ketdi. Bir oz diqqatni yo‘qotgandirmiz. Uchinchi golni darhol o‘tkazib yubordik. Ikki kishi kam bo‘lib ham golli imkoniyatlar yaratdik. "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga qarshi bellashuvlar qiziq kechadi.

Biz kamchilik holda 15 daqiqacha o‘ynadik. O‘sha daqiqalarda oxirigacha kurashdik. Yigitlarga buning uchun rahmat aytaman. O‘yin tashkil qilish va intizomida bizda muammo bo‘lmasligi kerak. Raqib safida terma jamoa a’zolari ko‘p, ular ko‘pchilik bo‘lib o‘ynab vaqtni cho‘zishga urinishdi.

Endi tanaffus bo‘ladi va 9 nafar o‘yinchimiz terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. Terma jamoaga omad tilayman, futbolchilar jarohatsiz sog‘lom holda qaytishlarini xohlayman
", deya fikr bildirdi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?