Angliya premer-ligasining 9-turida “Manchester Siti” safarda “Tottenxem” mehmoni bo‘ldi. Londonda kechgan bahs 2:0 hisobida maydon egalarining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq londonliklar oldinga o‘tib oldi: Tangi Ndombelening uzatmasidan keyin Son Hyon Min darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoada yana bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari «shaharliklar»ning bosimi ostida o‘tdi, «shporlar» esa himoyadagi ishonchli harakatlar evaziga o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. 65-daqiqada Jovani lo Chelso zaxiridan maydonga qo‘shilganidan sanoqli soniyalar o‘tib gol urdi va hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
So‘nggi daqiqalarda «Manchester Siti» yana raqib darvozasi oldida qator hujumlarni sodir etdi. Ammo shu hisob o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa Joze Mourino shogirdlarining ochkolari 20 taga yetdi va jamoa birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Siti» (12) esa 10-pog‘onada qolmoqda.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi