Foto: «Google.com»
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yilning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi murabbiyi nomzodlarini e’lon qildi. Eng yaxshi maydon o‘yinchisi nomiga nomzodlar orasida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski bor.
Ushbu sovrin uchun jami 12 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida Neymar («Pari Sen-Jermen»), Serxio Ramos («Real») va Muhammad Saloh («Liverpul») ham bor.
Yilning eng yaxshi murabbiyi degan nomga besh nafar mutaxassis, jumladan, Zayniddin Zidan («Real Madrid»), Yurgen Klopp («Liverpul») va Marselo Belsa («Lids») bor.
Eng yaxshi darvozabonni FIFA olti nafar nomzod orasidan tanlashni taklif etyapti. Nomzodlarning to‘liq ro‘yxatini federatsiya o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi. U yerda har bir nomzod uchun ovoz berish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi