
O‘monning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi o‘z ishini yakunlamoqda. Tadbir davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri – 2025 yil qit’amizda o‘tadigan yoshlar Osiyo o‘yinlarining mezboni va OOK o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi bo‘ldi.
Assambleyada Toshkent shahrining 2025 yil bo‘ladigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi rasman tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hamda OOK o‘rtasida musobaqaning o‘tkazilishi borasida shartnoma imzolandi.
«Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari Yangi O‘zbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu musobaqa davomida yurtimizga 5000 nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar