Bugun, 28 dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
E’tiborlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning "Tianjin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedov ham bor. Bugungi tadbirda 33 yoshli futbolchi ham davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.
"Biz keyingi yillarda yaxshi an’anani yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog‘lig‘ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to‘g‘ri keldi. Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko‘rishib, diydorlashib turibmiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga o‘zining yuksak ehtiromini bildirdi. O‘z o‘rnida mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi