Bugun, 28 dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
E’tiborlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning "Tianjin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedov ham bor. Bugungi tadbirda 33 yoshli futbolchi ham davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.
"Biz keyingi yillarda yaxshi an’anani yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog‘lig‘ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to‘g‘ri keldi. Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko‘rishib, diydorlashib turibmiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga o‘zining yuksak ehtiromini bildirdi. O‘z o‘rnida mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Odil Ahmedov "Tianjin Teda" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytiradi

Odil Ahmedov “Tyanszin Teda”ga qanchaga tushgani va qachongacha o‘ynashi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov boshqa klubga o‘tdi

Odil Ahmedov Xitoyning «Shanxay SIPG» klubini tark etadi

Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor

Bugun Odil Ahmedov "GOL" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ladi