2 634
Ro‘ziqul Berdiyev: "Paxtakor"? Bu mish-mish. Lekin "Nasaf" hali yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q
“Nasaf” va Ro‘ziqul Berdiyev doim e’tiborda. Shu bois ularga taalluqli har qanday xabar tezlik bilan tarqaladi. To‘g‘risi, oxirgi paytlardagi gap-so‘zlar tufayli Ro‘ziqul Sa’dullevichning munosabatini bilish biz uchun muhim edi.
O‘zbekistonning to‘rt marta eng yaxshi murabbiyining keyingi taqdiri, klubdagi hozirgi holat bo‘yicha ham muxlislar tashvishda. Sports.uz muxbiri esa Berdiyev bilan gaplashib, yuqoridagi holatlarga oydinlik kiritdi. Mutaxassis avvalo yana bir bor eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq ko‘rilgani xususida gapirdi.
- Ishlaganda baribir shaxsiy masalani birinchi o‘ringa qo‘ymaysiz. Klubning maqsadi hamisha oliy turadi. Bu sovrin jamoamiz futbolchilarining mehnatini baholaydi. Bilasiz, futbolda jamoaviy o‘yin juda muhim. Muxlislar mehrini qozonganimiz, jamoaviy o‘yin evaziga yaxshi natija ko‘rsatganimiz tufayli yakunda shunday e’tirofga sazovor bo‘ldik deb o‘ylayman. Aytmoqchimani, bu jamoamiz va barchamiz uchun berilgan mukofot, - dedi Ro‘ziqul Sa’dullayevich.
- O‘zingiz eng yaxshi murabbiy sovrini kimga berilishini kutgandingiz?
- O‘zimizni murabbiylar ham bunday e’tirofga erishishini juda xohlagandim. Mavsum davomida ko‘p murabbiylar yaxshi ishlashdi. Lekin aniq kimnidir kutmagandim. Faqat sovringa mahalliy murabbiylarimizdan biri sazovor bo‘lishini istagandim.
- Oxirgi paytlarda siz haqingizda “Paxtakor” bilan bog‘liq turli xabarlar chiqyapti. Rostdan chempion jamoadan taklif oldingizmi?
- Yo‘q, bu mish-mish. Menga “Paxtakor”dan hech qanaqa taklif bo‘lmadi. Bu faqat shunchaki gap-so‘z bo‘lyapti. Bor e’tiborimizni o‘zimizni jamoamizga qaratganmiz. Yana qaytaraman, bu mish-mishdan boshqa narsa emas.
- “Nasaf”dagi hozirgi vaziyat qanday? Medallar topshirilmagani, qarzdorlik uzilmagani, futbolchilarning ketib qolayotgani...Bunga oydinlik kiritsangiz.
- To‘g‘risi, rejamizni hali klub rahbarlarimiz bilan muhokama qilganimiz yo‘q. Aslida-ku, rejamiz bo‘yicha tarkibimizni saqlab qolish edi. Islom Kenjaboyevning ketgani aniq bo‘ldi. Kuni kecha o‘zi bilan gaplashganimda ham Koreya varianti tasdiqlanganini aytdi. Har bir o‘yinchimizning qarorini hurmat qilamiz, Kenjaboyevga Koreyadagi faoliyatida omad tilayman. Boshqa futbolchilar borasida jamoamizdan ketgani xususida aniq fikrni ayta olmayman.
Chunki ular klubni o‘zgartirgani, boshqa jamoaga o‘tgani haqida aytishgani yo‘q. 5 yanvardan keyin qachon va qanaqa tarkib bilan yig‘ilishimiz aniq bo‘ladi. Hozircha esa mavhum bo‘lib turibdi. O‘zimizni rejamiz bo‘yicha 5 yanvarda to‘planmoqchimiz. Baribir barchasini rahbarlar bilan uchrashgach, aniqlashtirib olamiz.
- Jamoani munosib taqdirlanmagani kayfiyatinglarga ta’sir qilyaptimi?
- Yangi yil arafasida hammada kayfiyat yaxshi. Aslida ham yangi yildan keyin medallar topshirilishi rejalashtirilgandi. Rahbar kelganidan keyin maslahatlashamiz.
- Qarzdorlik-chi?
- Bu ham uzilyapti. Qarzdorlik kam qoldi desak ham bo‘ladi. O‘zgarishlar yaxshi tomonga bo‘lyapti.
- Marko Stanoyevich qoladigan bo‘ldimi?
- Markoni yangi yil bayrami uchun uyiga jo‘natganmiz. Kelganidan keyin gaplashamiz. Lekin kelaman deb ketgan.
- Bobir Abduholiqov ketganini aytdi. U legioner sifatida to‘p surishga tayyor deb o‘ylaysizmi?
- Bilmadim. O‘zi bilan gaplashganimizda hali hech kim taklif bilan chiqmaganini aytgandi. Shuning uchun har xil mish-mishlarga ishonmay qo‘ydik. Chunki ba’zi-bir xabarlar tasdiqlanmay chiqib ketyapti.
- “Nasaf”da qolish imkoniyatingizni necha foizga baholaysiz?
- Shartnomam tugagan. Shartnoma taklif qilishsa ishlayveramiz.
- Demak, sizga hali yangi shartnoma taklif qilishmadimi?
- Yo‘q.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi