
"Jenoa" Italiya chempionati 17-turida "Bolonya" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda genuyaliklar Zays va Destroning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so‘ng "Jenoa" ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda gazzetta.it nashri xabar berdi.
- Kayfiyat yaxshi, lekin biz ishlashimiz, to‘p bilan ko‘proq muomala qilishimiz lozim. "Bolonya" deyarli golli vaziyatlar yarata olmadi. Biroq ular qarshilik ko‘rsatishga intilishdi.
Bizga yangi kuchlar kerak. Himoya va yarim himoyachilarni safga qo‘shib olishimiz zarur. Hujum esa yaxshi. Chunki Destro ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. U haqiqiy iste’dod. Undan ko‘nglim to‘q, - dedi Ballardini. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar