08:37 / 21.01.2021
2 109

Zidan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Zidan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya kubogining 1/16 finali doirasda "Alkoyano"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz g‘alaba qozonishga harakat qildik. Yigitlar ham maydonda borini berishdi. Bizda gol kiritish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ba’zida esa bunday holat ro‘y berishi mumkin. Ispaniya kubogidan chiqib ketib, noqulay vaziyatga tushib qoldik. Ammo futbolchilar harakat qilishdi.

Javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. O‘yinchilar g‘alabaga harakat qilishdi. Agar biz ikkinchi golni kirita olganimizda barchasi boshqacha kechardi. Ammo bu futbol. Ularning darvozaboni 2-3 ta yaxshi seyvni amalga oshirdi.

Bunday ligadagi jamoalarni yutishimiz kerak. Bo‘lib o‘tgan ish sharmandalik emas. Bunday holatlar bo‘lib turadi, endilikda biz bilan ham ro‘y berdi. Biz ishlashda davom etamiz va bu sabab aqlimizni yo‘qotib qo‘ymaymiz
", - dedi Zidan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?