Foto: «Global Look Press»
Avvalroq Ispaniyaning «El Mundo» nashri argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan tuzgan shartnomasi qiymatini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Hujjatga ko‘ra, argentinalik futbolchi qariyb 556 million yevro ishlab topadi.
Ispaniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi klub bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlari nashr etilganidan xabar topgach, tepa sochi tikka bo‘ldi. Endi u «ko‘k anor ranglilar» safini aniq tark etishi mumkin.
«Football-espana» xabariga ko‘ra, Leo klubda kimdir unga xiyonat qilganiga ishonchi komil. Do‘stlari bilan suhbatda u vaziyatni sharmandali hol deb atagan. Messining g‘azabini tushunsa bo‘ladi: shartnomadagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi: ular sir tutilishi zarur.
Argentinalik futbolchi avval ham klubni tark etish istagi borligini yashirmagan: chunki u bu yerda o‘zini baxtiyor his qilmay qo‘ygan. Biroq bu holat masalaning hal qilinishini tezlashtirib yuborishi hech gap emas. Futbolchining amaldagi shartnomasi shu yilning yoz oyida tugaydi. Shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi. OAV xabarlariga ko‘ra, unga ikki klub da’vogarlik qilmoqda: «Manchester Siti» va «PSJ». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?