Ronaldu 4 yildan beri ilk marta Primeroning ketma-ket uchta o‘yinida gol ura olmadi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Deportivo»ga (2:0) qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 23-tur o‘yinida gol ura olmadi.
Bungacha portugaliyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida «Atletiko» (0:4) va «Kordoba»ga (2:1) qarshi o‘yinlarda ham gol kirita olmadi.
Shunday qilib, Ronaldu 2011 yilning fevral oyidan buyon ilk bor La Liganing ketma-ket uchta o‘yinida gol kirita olmadi.
Ushbu mavsumda hujumchi chempionatning 20ta o‘yinida o‘z hisobiga 28ta gol yozib qo‘ygan.
Manba: www.std.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing