
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55 kg) WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik. Sports.uz sayti habar berishicha jang kechasi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgan va kelasi hafta rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Jang kechasi “Matchroom" kompaniyasi tomonidan 3 aprel kuni tashkil etiladi va ushbu kechada Ahmadaliyevdan tashqari Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov va boshqa bokschilarimiz jang olib borishi kutilmoqda. Murodjon Ahmadaliyev esa o‘z kamarlarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar