11:39 / 27.02.2021
2 039

Shohjahon Ergashev Toshkentda kamar uchun jang qiladi

Shohjahon Ergashev Toshkentda kamar uchun jang qiladi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Toshkent shahrida jang o‘tkazadi. Bu haqida bokschimiz Olamsport.com sayti muhbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hamyurtimiz shu yilning 15 may kuni Toshkent shahrida WBO Global kamari uchun argentinalik Xeremias Ponsega (27-0, 17 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bahs "O‘zbekiston" sport majmuasida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon IBF reytingida 4, Ponse esa 5-o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, Ergashev WBO reytingi da 8-o‘rindan joy olgan. Ponse esa ushbu yo‘nalishning International kamari egasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev Toshkentda kamar uchun jang qiladi