“Chelsi”rahbari “ochko‘z”superyulduzdan voz kechdi

“Chelsi”rahbari “ochko‘z”superyulduzdan voz kechdi
Chelsi” xo‘jayini Roman AbramovichBavariya”ning universal himoyachisi David Alabani jamoaga olmaydigan bo‘ldi.

Rossiyalik milliarder uning o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ko‘p jamoalarga Alaba talab qilayotgan 22 million yevroli yillik maosh to‘g‘ri kelmayapti. Bundan tashqari, avstriyalik futbolchi o‘zi istagandek, yarim himoyada o‘ynatishni kafolatlashni so‘rayapti.

“Chelsi” mutasaddilari Alaba taklif qilinishi kerak bo‘lgan o‘ringa “Bavariya”ning yana bir vakili Niklas Zyule, “Leypsig” a’zosi Ibrohim Konate, “Fiorentine” yetakchisi Nikola Milenkovich va “Sevilya”da porlayotgan Jyul Kundening nomzodini o‘rganib chiqmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar