Superliga birinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashdi:
"Futbolda birinchi o‘rinda natija turadi. Yigitlarimiz o‘zlariga ishongan holda harakatlanishdi, lekin penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Albatta, bunda futbolchilarimizni ayblamaymiz, bugun butun jamoa bo‘lib yutqazdik. Qayerdadir xatolarga, qayerdadir e’tiborsizlikka qo‘l urdik. Mag‘lubiyatga munosib emasdik, yangi va yosh tarkib bilan amaldagi chempionga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Alamli tomoni, 2:0 oldinda bora turib, yutqazish bo‘ldi, bu juda alamli. Mag‘lubiyatga bir nechta sabablar bor, buni o‘rganib chiqamiz va xulosa chiqaramiz.
Men jamoa o‘zagini saqlab qolishni juda ham xohlagan edim. Agar 3 nafar o‘yinchimiz ketmaganida, bizga hech qanday o‘yinchi kerak bo‘lmagan bo‘lardi. Buni rahbariyatdan so‘ragan edim, ammo afsuski, bu amalga oshmadi. Menimcha, 2 kunni ichida o‘zgarish qilishimiz amrimahol. Shu bois birinchi davrani hozirgi tarkib bilan tugatsak kerak". “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar