“Yuventus” Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshladi.
Bu ko‘p jihatdan portugaliyalik futbolchining yiliga 31 million yevro miqdorida olayotgan maoshi klub g‘aznasiga og‘irlik qilayotgani bilan bog‘liq.
Ronaldu yetakchiligidagi jamoa esa ikki yildan beri daromad keltirishi mumkin bo‘lgan Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘ta olmayapti.
Devid Bekxem portugaliyalik hujumchini o‘zining AQSHdagi jamoasi “Inter Mayami”ga taklif etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Ronaldu Bekxem bilan bu masalani muhokama qilgan.
“Yuventus” joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda 27 ta gol urgan va to‘rtta golli pas oshirgan Ronalduni boshqa jamoalar bilan ham muzokara olib borishiga ruxsat berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar