Foto: Twitter
«Yuventus» 2021 yilning yozidayoq jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin. SportMediaset’ning xabar qilishicha, klub 60 million yevrolik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, Ronalduni qo‘yib yuborishga tayyor. 36 yoshli futbolchiga PSJ, «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», MLS va arab klublaridan qiziqish bor.
El Chiringuito’ga ko‘ra futbolchining agenti Jorje Mendesh «Real» bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular Ronalduning Madridga qaytishini muhokama qilmoqda.
«Yuventus» Ronalduni 2018 yilning yozida 117 million yevro evaziga «Real»dan sotib olgandi. Ammo turinliklar uni olib kelishdan ko‘zlagan asosiy maqsad — Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirok etish borasida uch mavsumdan beri omadsiz harakat qilmoqda.
Ronalduning maoshi yiliga 31 million yevroni tashkil qiladi, bu esa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz vaqtida klub uchun og‘irlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi