Superliga yangi mavsumi 1-turidan keyinoq chempionatda ilk iste’fo kuzatildi. «Navbahor» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarildi.
«Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan «Navbahor» uchun har bir o‘yin muhim va finalga teng. Ammo kutilmaganda jamoa 1-turda o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Shu bois, «Navbahor» PFK rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishga qaror qildi.
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, shu kungacha klubda maslahatchi – murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Viktor Romanovich Jalilov «Navbahor»ga bosh murabbiy etib tayinlandi», - deyiladi Namangan klubi rasmiy xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Jalilov «Navbahor»da 1995-2000, 2003-2004, 2010 yillarda faoliyat yuritgan va jamoa bilan birga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. «Navbahor» tarixidagi yagona chempionlik unvoniga ham 1996 yili Viktor Romanovich davrida erishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar