23:45 / 27.03.2021
2 923

Konadu Yiadom: "O‘zbekiston safida 10 va 22-raqamdagi futbolchilar yoqdi"

Konadu Yiadom: "O‘zbekiston safida 10 va 22-raqamdagi futbolchilar yoqdi"
O‘zbekiston - Gana B uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Konadu Yiadom championat.asia sayti muxbiriga intervyu berdi.
- O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yin haqida qanday fikrdasiz?
- O‘ylashimcha yaxshi o‘yin bo‘ldi. Mezbonlar yaxshiroq to‘p tepishdi va g‘alabaga haqli erishishdi, ammo biz ham yomon o‘ynamadik. Raqib hujumchilari markaziy himoyachi sifatida meni ancha charchatishdi. Men 20 yoshdaman va terma jamoada debyut qildim, kelajakda o‘yinlarim soni ko‘p bo‘lishini istayman.

- Ganada qobiliyatli yoshlar juda ko‘p. Sizda terma jamoada yana o‘ynash imkoniyatingiz qanday?
- Ko‘p mehnat qilishim kerakligini bilaman, ammo terma jamoada yana ko‘p o‘yin o‘tkazish imkoniyatim yaxshi. Milliy terma jamoamiz safida katta musobaqalarda, masalan Jahon chempionatida to‘p tepishni orzu qilaman.

- O‘zbekiston terma jamoasi safida eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan futbolchi kim bo‘ldi?
- Ularning ismini bilmayman, menga 10 (Jaloliddin Masharipov) va 22-raqamdagi (Javohir Sidiqov) o‘yinchilar yoqdi. Yaxshi futbolchilar ekan.

- O‘zbekiston sizga yoqdimi?
- Bu mamlakatga ilk bor keldim. Mezbonlar bizga qulay sharoitlarni taqdim etishdi. O‘zbek taomlari Afrika taomlaridan farq qilar ekan, ammo menga yoqdi.

- Hozir qaysi klubda to‘p tepayapsiz?
- Ayni paytda Gana premer-ligasida "WAFA SC" klubida faoliyat olib borayapman. Kelajakda kuchli chempionatga ko‘chib o‘tishni istayman. Aytganimdek 20 yoshdaman va kuchli klublarda o‘ynashga vaqtim yetadi.

Miron Goyxman suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konadu Yiadom: "O‘zbekiston safida 10 va 22-raqamdagi futbolchilar yoqdi"