2 230
Masharipov: "Iroq bitta gol urib butunlay himoyaga yotib oldi. Rasmiy o‘yinlarda hammasi zo‘r bo‘ladi"
O‘zbekiston - Iroq (0:1) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz a’zosi Jaloliddin Masharipov mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha bugungi o‘yin muxlislarga yoqdi. Kichkina xatodan keyin gol o‘tkazib yubordik. Tanaffusda ham yigitlar bilan gaplashib oldik. Shuncha hujum qilayapmiz, lekin himoyani unutish kerakmas, raqib bitta gol urib olsa himoyaga yotib oladi deb ogohlantirgandik. Iroq bitta gol urib butun jamoa bilan himoyaga yotib oldi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin unutmaslik kerakki bu o‘rtoqlik o‘yini, rasmiy o‘yinlarda bugungidek kichkina xatolardan xulosa chiqaramiz va gollar ham, g‘alabalar ham bo‘ladi deb o‘ylayman.
O‘yinda qaysi futbolchi gol urishining farqi yo‘q edi. Menimcha barchasi yaxshi, oldindagi uchta rasmiy o‘yinda hammasi zo‘r bo‘ladi", - deydi Jaloliddin Masharipov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi