
Shu kunlarda Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlyov Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Kremlyov bugun u poytaxtimizdagi "Befit Pro" sport majmuasida ochiq mashg‘ulotda qatnashdi. Mashg‘ulot davomida AIBA rahbari yosh bokschilarimiz bilan ham muloqot qildi va ularga omad tiladi.
Ochiq mashg‘ulotlarda u bokschimiz Bahodir Jalolov bilan birga ishladi. Terma jamoamiz murabbiylari esa mashg‘ulot ishtirokchilariga ko‘rsatma berib turishdi. Tadbir yakunida bokschilarimizga maxsus boks qo‘lqoplari sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Kremlyov ishtirokidagi matbuot anjumanida 2023 yilgi boks bo‘yicha jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar