
Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim o‘yinlar oldidan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ana shunday o‘rtoqlik bahslaridan biri bugun Olmaliq shahridagi OKMK stadionida Hindiston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi. O‘yin Bahrom Norsafarov shogirdlarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni terma jamoamiz safida yagona golni 87-daqiqada Maftuna Shoyimova kiritdi.
— Shukhrat (@bankir2102) April 5, 2021
Ayollar terma jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 11 aprel kuni Belarus terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinlarga jami 23 nafar futbolchi jalb etilgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston - Hindiston 1:0
Gol: Maftuna Shoyimova (87)
O‘zbekiston: Tilovova, Shodiyeva, Norbekova, Zaripova, Ilasheva, Zoirova, Kamoltoyeva (Zayniddinova 58, Sharipova 77), Shoyimova, Burxonova, Qudratova, Xabibullayeva (A. Norboyeva 90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar