07:25 / 14.04.2021
2 736

Ronalduga nisbatan nohaqlik qilgan hakam munosib jazolandi

Ronalduga nisbatan nohaqlik qilgan hakam munosib jazolandi
43 yoshli referi assistenti Mario Diks yozda bo‘ladigan Yevropa chempionatida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Bu haqda Omrop Fryslan nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, aynan Diksning xatosi bilan “JCH-2022” saralashidan o‘rin olgan Serbiya — Portugaliya (2:2) uchrashuvida Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan haqqoniy gol inobatga olinmagan edi. O‘shanda Ronaldu 90+3-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Ammo uchrashuv bosh hakami Danni Makkeli qanotdagi yordamchisi Mario Diksning ko‘rsatmasiga ko‘ra to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmagan deb topgan va golni hisoblamagan edi.

O‘yindan so‘ng Diks videotakrorlarni ko‘rgach xato qilganini tan olgan va buning uchun Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santushdan uzr so‘ragan.

31 mart kuni Makkeli Diksga boshqa ishonmasligi va uni o‘z brigadasidan chiqarmoqchiligini ma’lum qilgan. Uning o‘rnini Yan de Fris egallashi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduga nisbatan nohaqlik qilgan hakam munosib jazolandi