14:10 / 14.04.2021
1 502

Abduvohid Jalolov: "Iqboljon Amerika ringlarida o‘zini sinab ko‘rsin"

Abduvohid Jalolov: "Iqboljon Amerika ringlarida o‘zini sinab ko‘rsin"
3 aprel kuni professional boksda o‘z debyut jangini o‘tkazib, ajoyib g‘alabaga erishgan bokschimiz Iqboljon Xoldorovning havaskor boksda erishgan salmoqli natijalarida uning murabbiyi Abduvohid Jalolovning ham katta xissasi bor.

Tabiiyki, Iqboljonning professional boksdagi faoliyatiga oid yangiliklar va rejalar ham bevosita ushbu murabbiy bilan bog‘liq bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Shu nuqtai nazardan, ushbu mutaxassisning Iqboljonni professional faoliyatiga bog‘liq fikrlari bilan qiziqdik:

- Bokschining sportchilik faoliyati o‘zi uzoq davom etmaydi. Shu qisqa vakt ichida sportchi o‘z kelajagini yaratib olishi kerak. Professional yo‘nalishga o‘tishdan asosiy maqsad moliyaviy masala edi. Hozir Olimpiada litsenziyasi to‘ldi. Tokioga borishdan umid yuq. Jahon chempionati, Osiyo miqiyosidagi marralarni egaladik, deb ayta olaman. Bola 24 yosh. Ayni kuchga to‘lgan vaqti, professional yo‘nalishda Amerika ringlarida omadini sinab ko‘rsin. Shu variant o‘ziga, sportimizga va menga ham eng foydali yo‘l deb bilaman.

Keyingi Olimpiadaga qadar 27 yoshga kiradi. Uylanadi, oilali bo‘lgandan so‘ng havaskor boksdagi xizmat safarlari, vazn ushlab yurish davomiyligi ortiqchalik qilar ekan.

Shu o‘rinda yaxshi saviyadagi bokschilarga 23 yoshdan professional boksga o‘tishini tavsiya qilgan bo‘lar edim. Yaqin kunlarda shartnoma imzolasak kerak. Toshkentdagi jang promouterlarga yoqdi. Shartnoma imzolansa, keyingi ishlarni rejalashtiramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduvohid Jalolov: "Iqboljon Amerika ringlarida o‘zini sinab ko‘rsin"