2 857
Diyor Imomxo‘jayev: Bu klubning noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin Pro-liga ishtirokchisi bo‘lgan Farg‘onaning "Istiqlol" klubi o‘z faoliyatini tugatayotgani haqida ma’lumot berilgan edi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev esa ushbu holat teletranslyatsiyalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.
"Qaysidir davrlarda biror klubning musobaqadan chiqib ketishi oddiy holat bo‘lgan. Ammo teletranslyatsiyalar masalasiga jiddiy e’tibor qaratayotgan bugungi holatimizda "Istiqlol" futbol klubining noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi.
Pro-liga 5-turidagi o‘zgarishlar sabab biz "Olimpik" va "Neftchi" ishtirokidagi 2 ta uchrashuv vaqtlarini, UzReport kanaliga tegishli KTS manzillarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.
Shuningdek, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi turnirida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tezlik bilan "Chig‘atoy" — "G‘ijduvon" uchrashuvini tashkil etishimizga to‘g‘ri keldi. Sport-TV o‘z ishchi guruhini Andijon-Farg‘ona-Namangan ketma-ketligida yo‘lga chiqarishni rejalashtirgandi. O‘rtadagi uzilish esa holatga ta’sir ko‘rsatdi, o‘yinlar vaqtini klublarga vaqtida taqdim etish imkoni bo‘lmadi", - deb yozmoqda Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi