
Ispaniya Kubogi final uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda "Barselona" - "Atletik" 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yindagi barcha gollar ikkinchi taymda kiritildi. Kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messi dubl qayd etgan bo‘lsa, Antuan Grizmann va Frenki De Yong jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" joriy mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba "Barsa" tarixiga 31-sovrin sifatida kirdi.
Atletik – Barselona 0:4
Gollar: 0:1 – 60 Grizmann, 0:2 – 63 de Yong, 0:3 – 68 Messi, 0:4 – 72 Messi.
Atletik – Unai Simon, De Markos, Yeray Alvares (Nunes, 67), Martines, Balensiaga, Raul Garsiya, Unai Lopes (Berchiche, 67), Berenger (Vesga, 54), Dani Garsiya, Muniain (Lekue, 46), Uilyams (Vilyalibre, 67).
Barselona – ter Shtegen, Alba, Mingesa (Breytueyt, 87), Pike (Arauxo, 82), Dest (Serji Roberto, 74), Buskets, de Yong, Pedri (Moriba, 81), Langle, Grizmann (Dembele, 88), Messi.
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (39), Berchiche (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar