14:30 / 27.04.2021
2 029

"Shabab Al-Ahli" murabbiyi: AGMK ustidan qozonilgan g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun umid bag‘ishladi


Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 5-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Mahdi Ali ishtirok etdi. 

"Bu o‘yin ikki jamoa uchun ham juda muhim. Sababi, pley-offga chiqish ayni damda to‘rtala jamoada ham mavjud. Oldingi natijalar guruhdagi jamoalarning darajasi tengligini bildiradi. Har bir jamoada g‘alaba qozonish imkoniyati bor.

So‘nggi o‘yindagi g‘alaba bizga ishonchni qaytardi. Bugungi uchrashuvda ijobiy natijaga erishib, "Al-Hilol"ga qarshi bahsga yaxshi kayfiyatda yetib bormoqchimiz.

AGMK ustidan qozonilgan g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun umid bag‘ishladi. Biz o‘z maqsadimizga erishish uchun kurashishimiz kerak. Birinchi bahsda "Istiqlol" ustunlik qildi. Ertangi g‘alaba bizning imkoniyatlarimizni oshiradi", - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al-Ahli" murabbiyi: AGMK ustidan qozonilgan g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun umid bag‘ishladi