
OFK kubogining 2-turida “Nasaf” mezbon Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga qarshi bahs olib bordi.
“Ajdarlar” ikkinchi o‘yinda ham yirik hisobda zafar quchdi. Akmal Mozgovoy (9'), Husniddin Aliqulov (42') va Sherzod Nurillayev (45+2') tomonidan kiritilgan gollar “Nasaf”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari muddatidan avval pley-off bosqichi masalasini hal qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
"Oloy" (Qirg‘iziston) va "Oltin Asir" (Turkmaniston) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin turkmanistonliklarning 5:4 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.
Ushbu ikki bellashuvdan so‘ng, guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan:

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing