“Barselona” rahbariyati mavsum tugashi bilan bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Klub prezidenti Joan Laporta jamoa boshqaruviga “Bavariya”ni yengilmas klubga aylantirgan Xans-Diter Flikni olib kelmoqchi va bu borada muzokaralar boshlangan. Laporta Flikni aynan “Barselona”ni qabul qilib olish kerakligiga ishontirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, mavsum yakunida “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qilgan Flik Yevropa chempionatidan so‘ng, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishi xabar qilingan edi. Biroq, hali Germaniya futbol federatsiyasi va murabbiy o‘rtasida bitim tuzilgani yo‘q.
Aslida Joan Laporta yaqinda Ronald Kuman bilan uchrashib, uni kelasi yil oxirigacha o‘z lavozimida qolishini aytgandi. Biroq, “Barselona” o‘z maydonida “Selta”ga yutqazib, chempionlik uchun kurashni tark etgani Kumanning klubdagi kelajagini mavhumlashtirib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda