23:14 / 22.05.2021
1 845

Rasman: "Atletiko" - La Liga-2021 chempioni!


Ispaniya La Ligasi 38-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. "Atletiko" Madrid "Real Valadolid" maydoniga safar uyushtirdi va 1:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, "matraschilar" La Liga bu mavsumining mutlaq chempioniga aylandi!

"Atletiko" o‘yin boshida gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, iroda ko‘rsatib, Korrea hamda Suarezning gollari evaziga hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi: 1-2!. O‘yin shu hisobda yakun topdi. "Atletiko" - uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana chempion!

«Valyadolid» – «Atletiko» 1:2
Gollar:
1:0 – 18 Plano, 1:1 – 57 Korrea, 1:2 – 67 Suares.
«Valyadolid» – Masip, Olasa, El-Yamik, Olivas, Yanko (Ervias, 82), Toni Vilya (Jota, 62), San-Emeterio (Kike Peres, 82), Mesa (Michel, 62), Plano, Markos Andre (Gvardiola, 62), Veysman.
«Atletiko» – Oblak, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Tripper, Felipe, Koke, Saul (Joau Feliks, 63), Karrasko, Lorente (Kondogbia, 79), Korrea (Errera, 85), Suares.
Ogohlantirishlar: Markos Andre (55), El-Yamik (70), Michel (74), San-Emeterio (78), Joau Feliks (78), Felipe (83).

«Atletiko»ning eng yaqin taqibchisi – «Real» ham so‘nggi daqiqalarda irodali g‘alabaga erishdi. Ammo bu chempionlik uchun yetarli emasdi. Zidan shogirdlari turnirni ikkinchi bo‘lib yakunlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: "Atletiko" - La Liga-2021 chempioni!