“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlanishi bilan Turinni tark etishi kutilmoqda. Yaqinda u shahardan o‘z avtomobillarini olib chiqib ketgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher portugaliyalik hujumchini olishga qiziqmoqda va bu borada Ronaldu bilan shaxsan gaplashdi. Ronalduning o‘zi ham Angliya premer-ligasiga qaytishga qiziqyapti.
Uning asosiy maqsadi faoliyatini yakunlagunicha yana bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdan iborat. Ronalduda “Yuventus”da qolish varianti ham bor. Buning uchun turinliklar kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘l olishi kerak bo‘ladi.
Ronaldu 2018 yildan beri Turinda to‘p tepmoqda. Uning transferi “Yuventus”ga 117 million yevroga tushgan. Krishtianu yiliga 30 million yevrodan ko‘proq maosh oladi. Joriy mavsumda hujumchi 33 ta uchrashuvda qatnashib, 29 ta gol urdi va uchta golli pas oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda