07:30 / 26.05.2021
850

Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempionatidagi dastlabki jangida hindistonlik bokschini mag‘lub etdi

Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempionatidagi dastlabki jangida hindistonlik bokschini mag‘lub etdi

Foto: Boks federatsiyasi
BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarildi.

-49 kg vazn toifasida harakat qiladigan Nodirjon Mirzaahmedov musobaqadagi dastlabki jangini Iroq vakili Musa Jaffar Hoshimga qarshi o‘tkazdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

-56 kg vazn toifasining birinchi raqamli bokschisi Mirazizbek Mirzaxalilov hindistonlik Muhammad Hussamga qarshi jang qildi va 5:0 hisobi bilan zafar quchdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempionatidagi dastlabki jangida hindistonlik bokschini mag‘lub etdi