Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Karlo Anchelotti bugun “Real”ning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi mumkin. Ta’kidlanishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda ketmoqda.
Italiyalik mutaxassisning "Everton" bilan shartnomasi borligi sababli hali shartnoma rasman imzolanmagan, ammo "Real" Anchelotti qaytishini xohlamoqda. Shu bois Karlo ingliz klubi bilan kelishuvni bekor qilish ustida muzokaralar olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, “Inter”ning sobiq ustozi Antonio Konte bilan “Real” vakillari bevosita aloqada bo‘lmagan. Bu boradagi xabarlar shunchaki mish-mish xolos.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Italiyalik mutaxassis boshqaruvida "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi