19:18 / 06.06.2021
1 857

Vadim Abramov: «Saudiya Arabistoni bu musobaqada ustunlikka ega»


Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH—2022 va Osiyo Kubogi qo‘shma saralashi doirasida Singapurga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, bir qator savollarga javob berdi.

O‘yin haqida
Birinchi o‘yinimizni kutyapmiz. Bu yangicha formatdagi turnir. Koronavirus pandemiyasi sababli ancha vaqt rasmiy o‘yin o‘ynamadik.

Guruhda qaysi jamoa ustunlikka egaligi haqida
Albatta, Saudiya Arabistoni bu turnirda ustunlikka egalik qiladi. Lekin hammasi o‘z qo‘limizda. Imkoniyatlar teng. Biz Saudiya bilan o‘yingacha ikkita o‘yin o‘tkazamiz.

Singapurga qarshi o‘yin oldidan tarkibdagi yo‘qotishlar haqida
Tarkibda yo‘qotishlar yo‘q, hamma sog‘-salomat. Faqat Oybek Bozorovda diskvalifikatsiya bor.

Shuningdek, Singapur ustozi Tatsuma Yoshida ham o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘FA
«Barcha biladi, O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bizni kuchli qarama-qarshilik kutyapti. Raqobatli o‘yin bo‘ladi. Ochko olishga harakat qilamiz. O‘zbekistonni hurmat qilgan holda g‘alabaga erishishga intilamiz. Hali bor potensialimizni ro‘yobga chiqarishga ulgurmadik. Umid qilamanki, mening jamoam bu safar 100% imkoniyatini ishga soladi», — deydi Tatsuma Yoshida.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi uchrashuv 7 iyun, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: «Saudiya Arabistoni bu musobaqada ustunlikka ega»