01:03 / 16.06.2021
4 210

Tugadi! Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 3:0


Jahon Chempionati saralash bosqichi 8-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bahsning 25-daqiqasida himoyachilarimizning xatosidan keyin Quvvatov qarshisida yolg‘iz qolgan Al-Faraj hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgach Salmon dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakulandi.

Ikkinchi bo‘limni termamiz biroz faolroq boshladi, biroq 51-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Bu safar ham himoyachilarimizning ishonchsiz o‘yinidan so‘ng Al Hassan gol urishga erishdi.

Shu tariqa, Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" 15 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni olgan eng yaxshi jamoalar orasida O‘zbekiston kuchli beshlikka kira olmadi va 3-bosqich yo‘llanmasidan quruq qoldi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati 2-saralash bosqichidan o‘ta olmadi.

S.Arabistoni - O‘zbekiston 3:0
Gol:
Salmon al Faraj, 25 (1:0), Salmon al Faraj, 32 (2:0), Ali Al Hassan, 52 (3:0)

S.Arabistoni: 21. Muhammad Al Ovays – 2. Sulton Al G‘anim, 3. Abdulla Madu, 13. Yosir Al Shaxroni, 23. Hassan Al Tambakti – 7. Salmon Al Faraj, 8. Ali Al Hassan, 14. Ibrohim Otayf – 11. Holid Al Shexri, 18. Abdulloh G‘arib, 19. Muhammad Halil Al Ovays.
Zaxira: 1. Muhammad Faraj Al Yami, 4. Muhammad Abdu Qurboniy, 5. Al Bulayxi, 6. Abdulele Al Amri, 9. Abdulla Al Hamadan, 10. Ali Hassan Al Asmari, 12. Saud Abdulla Abdulhamid, 15. Nosir Issa Al Dovsari, 16. Sami Al Naji, 17. Muhammad Marzuq Al Kuvaykibi, 20. Feras Al Brikan, 22. Zayd Majid Al Bavardi.

O‘zbekiston: 12. Sanjar Quvvatov – 23. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev(17. Dostonbek Hamdamov,54), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odil Ahmedov, 3. Hojiakbar Alijonov – 6. Odil Hamrobekov(22. Oybek Bozorov, 54), 7. Otabek Shukurov, 13. Oleg Zoteyev, 10. Jaloliddin Masharipov, 18. Vagiz Galiulin(Ikrom Aliboyev, 54) – 14. Eldor Shomurodov.
Zaxira: 1. Abduvohid Ne’matov, 4. Farruh Ikromov, 16. Valijon Rahimov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 2. Islomjon Qobilov, 15. Husniddin Aliqulov, 19. Abrorbek Ismoilov,  11. Temurxo‘ja Abduholiqov, 21. Igor Sergeyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tugadi! Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 3:0