O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichida qolib ketdi. Ushbu tarixiy natija futbolimiz jamoatchiligiga qattiq ta’sir qildi.
Saudiyaga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Vadim Abramovga tanqid toshlari otildi. Taktika va tarkib borasidagi qarori keskin qoralandi.
O‘z navbatida ishqibozlar Abramovning qachon iste’foga chiqishi borasidagi murojatlar ko‘paydi. Internetda esa uning tez orada lavozimidan ozod etilishi borasidagi xabarlar tarqaldi.
Shuni aytishimiz mumkinki, Vadim Karlenovich O‘zbekiston milliy terma jamoasini qayta qo‘lga olganda, O‘FA bilan qancha muddatga bitim tuzgani borasidagi savolga javob bergandi. Ya’ni mutaxassis JCH saralash yakunigacha deb aytgan. Bellashuvlar biz uchun tugaganini va natija juda ham qoniqarsiz bo‘lganini inobatga olsak murabbiyning terma jamoada qiladigan ishlari qolmagan.
19 iyun kuni MOQda O‘FAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoaning JCH-2022 saralashidagi natijalari muhokama qilinadi va o‘zgarishlar ma’lum qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi