
Foto: Sports.ru
«Barselona» prezidenti Joan Laporta avvalroq «Real»da o‘ynagan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni jamoasiga taklif etish istagini bildirdi.
AS'ning yozishicha, Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgan menejer portugaliyalik futbolchini «Barsa»ga taklif qilishni o‘ylamoqda. Laporta ikki yulduzning Kataloniya klubida birga o‘ynashlarini xohlaydi.
Kataloniya klubi 36 yoshli hujumchi uchun «Yuventus»ga ikki futbolchisini taklif qilmoqchi. Bu borada Antuan Grizmann, Serji Roberto va Filippe Koutino variantlari aytilmoqda.
«Barsa» rahbariyatining fikriga ko‘ra, Ronaldu va Messining birgalikda o‘ynashi orqali katta daromad olishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar