
Janubik Koreyaning "Cheju Yunayted" klubi bilan shartnomani bekor qilgan Islom Kenjaboyev yaqinda yurtimizga qaytdi.
Endilikda iqtidorli yarim himoyachi ikkinchi davrani Navoiyning "Qizilqum" jamoasida boshlaydi. Bu haqda saytimizga jamoa murabbiylar shtabi ma’lum qildi.
Yurtimizda yozgi transferlar oynasi 5 iyul sanasida ochiladi va shundan so‘ng klub futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.
Islom Kenjaboyev "Cheju Yunayted" safida K1 liga doirasidagi 1 ta o‘yinda qatnashdi. Shuningdek, Janubiy Koreya Kubogida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar