1 740
Daniya ustozi: "Angliyaning kuchsiz nuqtalari yo‘q, lekin biz ularni yengishga harakat qilamiz"
Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmand Yevro-2020 yarim finali doirasida "Uembli"dagi Angliyaga qarshi to‘qnashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Biz shunchaki tashabbusni raqibga berib qo‘ymoqchi va o‘z uslubimizdan voz kechmoqchi emasmiz. Qo‘ldan kelgancha faolroq harakat qilishga va qiziqarli futbol namoyish qilishga urinamiz.
Shu o‘rinda, inglizlar ham shu ishni bajarishga urinishini tushunib turibmiz. Raqib ham o‘yinga bor diqqat-e’tiborini jamlagan holda yetib keladi. Shunday ekan bu ustunlik uchun, raqibdan bir qadam oldinda bo‘lish uchun kurashga aylanadi.
Angliyaning kuchsiz nuqtalari yo‘qdek. Barchasini kichik detallar hal qiladi, biz o‘z ustunliklarimizdan foydalanishimiz zarur. Ular yetti uchrashuvda birorta ham gol o‘tkazib yubormadi va bu jamoaning nechog‘lik kuchli ekanligi isboti. Barcha rejalarni ochib tashlamagan holda, biz Angliyani mag‘lub etish imkonini topamiz degan umiddiaman", – deydi Yulmand. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi