02:07 / 12.07.2021
2 559

Nega «Mir Boks» qozog‘istonliklar o‘rniga o‘zbek bokschilarini afzal ko‘rmoqda?


SPORTS.kz nashri rossiyalik taniqli menejer Vadim Kornilov bilan suhbat uyushtirdi. Uning mijozlari orasida Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Xasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev singari hamyurtlarimizni uchratishimiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, Vadim Kornilov birorta qozoq bokschisi bilan shartnoma imzolamagan. Bunga asosiy sabab nima?

- Vadim, hozir Amerikadagi professional boksning ahvoli qanday? Koronavirusdan so‘ng vaziyat og‘irlashmadimi?
- Hammasi yaxshi, degim keladi, ammo aslida unday emas. Ahvol yaxshilanib bormoqda. Hozirda ko‘plab shtatlarda tadbir va bayramlarga muxlislar tashrifiga ruxsat berildi. Afuski, bokschilarni kerakli janglar bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelmoqda.

- Professional boks avvalgi darajasiga ko‘tarilishni uddalay oladimi?
- O‘ylashimcha, bu oson bo‘lmaydi. Hozir pandemiya yagona muammo emas. Boks boshqa sport turlari bilan ham raqobat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Achinarlisi shundaki, boks bilan hech qachon shug‘ullanmagan insonlarning janglari urfga kirdi. Reytingi baland shaxslar ringda to‘qnash kelsa, hammaning e’tiborini tortmoqda. Klassik boks barchamizning nazarimizdan chetda qolyapti.

- Siz ko‘plab o‘zbek bokschilari bilan hamkorlik qilasiz. Ular qaysi jihati bilan e’tiboringizni tortgan?
- Bunga alohida sabab yo‘q. Bu hech qanday reja yoki strategiya emas. Shunchaki, ulardan biri bilan shartnoma imzoladik va hamkorlikni boshladik. Avvaliga, Shahram G‘iyosov bilan kelishuvga erishdik. Uning faoliyatini yangi darajaga olib chiqqach, Shahram orqali boshqa ko‘plab o‘zbek bokschilari bilan tanishdik. Ular avvaldan ahil va kuchli jamoa bo‘lgan. Hozir, bu jamoa professional boksda ham natija ko‘rsatmoqda.

- Nima uchun qozoq bokschilari bilan shartnoma imzolamagansiz?
- Unday demagan bo‘lar edim. Hozirda, bir nechta yurtingiz charmqo‘lqop ustalarini kuzatyapmiz. Qozog‘iston boksi juda kuchli. Agar tanlash kerak bo‘lsa, variantlar bizda yetarli. Gubernator kubogi bir nechta bokschilaringizni ko‘rib olishimiz uchun imkoniyat yaratdi.

- Tez orada Olimpiada start oladi. O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi haqida fikringiz qanday? Ularning qay biri yaxshiroq ishtirok etadi, deb o‘ylaysiz?
- Ochig‘i, havaskor boksni kuzatmayman. Shunday bo‘lsada, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ajoyib ishtirok etishi aniq. Ularda so‘nggi yillarda ajoyib maktab shakllanganini guvohi bo‘ldik. Umid qilamanki, barcha o‘zi istagan maqsadiga yetadi.

- O‘z vaqtida Daniyar Yeleusinov Shahram G‘iyosovni havaskor boksda mag‘lub etgan edi. Ularning professional boksda yana to‘qnash kelishi qanchalar haqiqatga yaqin? Bu jang bo‘lib o‘tsa, kimning qo‘li baland keladi?
- O‘ylashimcha, bu professional boksda ham havaskor boksda bo‘lgani singari ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Kim g‘olib bo‘lishi haqida oldindan fikr bildirmoqchi emasman. Shunisi aniq-ki, muxlislar fantastik boksni tomosha qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nega «Mir Boks» qozog‘istonliklar o‘rniga o‘zbek bokschilarini afzal ko‘rmoqda?