Eldor Shomurodov A Seriyadagi eng yaxshi 3 hujumchi nomini aytdi

1 daqiqa o'qish2.5K
Eldor Shomurodov A Seriyadagi eng yaxshi 3 hujumchi nomini aytdi
Foto: Twitter
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Krasava» kanaliga bergan intervyusida Italiyadagi faoliyati haqidagi savolga javob qaytardi.

A Seriyada o‘zi qarshi o‘ynagan eng yaxshi uch futbolchi borasida
Italiya A Seriyasida top-o‘yinchilar ko‘p. Hujumchilar haqida ayta qolaman. Romelu Lukaku, Krishtianu Ronaldu. Unga qarshi o‘ynamadim, biroq uni kuchli ekanini bilaman — Zlatan Ibrahimovich. Ularni ichida eng yaxshisi? Bu — Ronaldu. U dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi ekanini hamma biladi, bu yerda ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q.

Italiyada ko‘nikishi qiyin bo‘lgan holatlar haqida
Birinchisi — odamlar. U yerda boshqa mentalitet. Rostovda yurgan vaqtim, bu bilinmagandi. Chunki sobiq SSSR kishilari bir-biriga o‘xshash. Ikkinchisi — til. Dastlabki oylarda yolg‘iz emas edim, bir oydan keyin sherigim ketdi va men bir o‘zim qoldim. Ochig‘i juda qiyin bo‘ldi. Ikki oycha yolg‘iz yashadim va hech kim bilan gaplashmadim. Juda qiyin bo‘ldi. Keyinchalik terma jamoa yig‘iniga keldim va qaytishda oilamni olib ketdim. Shundan keyin hammasi joyiga tushdi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgan. O‘zbekistonlik hujumchi o‘tgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?