Foto: Elyor Mamajonov
Andijon shahrida 350 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan birinchi muz saroyi ish boshladi, deya xabar berdi «Daryo».
Ta’kidlanishicha, mazkur majmuaga 17 milliard so‘m sarflangan.
Foto: Elyor Mamajonov
«Zamonaviy, milliy me’morchilik san’ati va ilg‘or texnologiyalar asosida qurilgan muz saroyi davlat rahbari tomonidan ilgari surgan besh tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, viloyatda qishki sport turlarini ommalashtirish maqsad qilingan.
Majmuada 20x40 o‘lchamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni, erkaklar va ayollar uchun fitnes zali, tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan umumiy ovqatlanish maskani hamda konki ijara markazi mavjud. Shuningdek, arenada turli sport tadbirlari, musobaqalar va boshqa ijtimoiy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish imkoniyati mavjud», — deydi muz saroyi tashabbuskorlari.
Foto: Elyor Mamajonov
Qo‘shimcha qilinishicha, muz saroyida bir vaqtning o‘zida 50 dan ziyod sportchi mashg‘ulot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, kelgusida maskanda figurali uchish, xokkey kabi qishki sport turlari bo‘yicha seksiyalar ochish ham rejalashtirilgan.
Ochilish marosimida poytaxtdan tashrif buyurgan xokkey va figurali uchish ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi