Foto: Getty Images
Tokio—2020 Olimpiadasining ochilish marosimi 23 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Olimpiada uchun 2019 yilda qurib bitkazilgan Tokiodagi «Milliy» stadionda o‘tkaziladi. Ochilish marosimi tomoshabinlarsiz stadionda bo‘lib o‘tadi va unda 950 nafarga yaqin rasmiylar qatnashadi. 15 mamlakat rahbarlari va xalqaro tashkilot prezidentlari marosimga tashrif buyurgan.
Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Ochilish marosimini «Sport» telekanali jonli efirda namoyish qiladi.
Bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ladi.
Avvalroq MOQ Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi. Biroq ochilish marosimiga bir kun qolganda bayroqdorlar o‘zgargan.
Delegatsiyalar paradida ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilinadi va niqob taqish majburiy bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari 8 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 71 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan. O‘zbekistonlik sportchilar 24 iyuldan o‘z ishtirokini boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi