23:45 / 31.07.2021
2 436

Viktor Kumikov: "Birinchi bo‘limda o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olmadik"


Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so‘ng andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda biz istagan o‘yin chiqmadi. Oldingi safar jamoa Namanganda "Navbahor"ni mag‘lubiyatga uchratib qaytgandi. Ikkinchi bo‘limda sxemani o‘zgartirdik. Ayrim futbolchilarni almashtirdik. Gol urish uchun ko‘pgina vaziyatlar yaratdik. Biz uchun g‘alaba to‘pi yetishmadi.

"Andijon"ga birinchi marotaba kelganimda karantin payti edi. Aslida boshqa ishlarim bilan O‘zbekistonga kelgandim. Mendan jamoaga yordam berishni so‘rashgandi. Ikkinchi marotaba menga rasmiy taklif yuborishdi. Hozir vaziyat boshqa. Nimadir qila olishimizga, oldimizda turgan vazifani bajara olishimizga umid qilaman.

Legionerlar hali to‘liq kirishib ketgani yo‘q. Uzoq yo‘l bosib kelishgan. Tarkibga boshqa futbolchilar olmaymiz. Ikkinchi davrani shu futbolchilar bilan o‘tkazamiz", - deydi Viktor Kumikov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Birinchi bo‘limda o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olmadik"