Belarus chempionatida ilk marta ayol bosh murabbiy tayinlandi

Belarus chempionatida ilk marta ayol bosh murabbiy tayinlandi
Belaruslik mutaxassis Yelena Adamchuk "Prujani" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Shu orqali u Belarus chempionatlarida jamoa boshqaruvini qo‘liga olayotgan ilk ayol bosh murabbiyga aylandi.

Ayni damda "Prujani" jamoasi 9 ochko to‘plagan holda Sharqiy-Brest divizioni zonasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Yetakchi "Malorita" hisobida esa 28 ochko bor.

Bunga qadar Adamchuk "Neman", "Nadejda" va "Viktoriya" kabi jamoalar tarkibida, shuningdek, Belarus ayollar termasi safida ham maydonga tushgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar