Bundan biroz avval Tokio-2020 bronza medali sovrindori bo‘lgan Bekzod Abdurahmonov tez orada turmush quradi.
Mahoratli kurashchimizning oila a’zolari "Sport" telekanalidagi suhbat davomida kelin taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigora Tursunqulova ekanini aytib o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 da bokschi Bahodir Jalolov bilan birga bayroqdor bo‘lgan Nigora Tursunqulova ilk bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan erta xayrlashgan edi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Abdurahmonov 1990 yilning 15 martida Toshkentda tug‘ilgan. U faoliyati mobaynida 2 martadan Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida esa bronza medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Bekzod Rio—2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.
Nigora Tursunqulova esa 1999 yilning 4 aprel sanasida Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U taekvondo bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Nigora Jakartada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Qayd etish o‘rinli, bungacha ham o‘zbekistonlik sportchilar o‘zaro oila qurgan holatlar bo‘lgan. Xususan, og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov 2020 yilning fevral oyida sinxron suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi Almira Mamatkazinaga uylangandi. Shuningdek, gimnastikachi Oksana Chusovitina va yunon-rum kurashi ustasi Bahodir Qurbonov ham oila qurgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)