Foto: Getty Images
«Barselona» prezidenti Xoan Laporta hujumchi Lionel Messining jamoadan ketishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qatnashdi.
Klubdagi moliyaviy ahvol haqida
Messi atrofidagi vaziyatni aniqlashtirish uchun keldim.
Dastlab afsus bilan aytishim kerakki, bizning moliyaviy o‘tmishimiz dahshatli darajada. Maoshlar uchun daromadning 110% qismi ketadi. Bu boshqacha harakat qilishimizga imkon yo‘qligini anglatadi. Vaziyat bizga aytilganidan va hujjatlardagi hisob-kitoblardan ko‘ra yomonroq edi. Qarzlar biz kutganimizdan ko‘proq. Albatta, bu moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq. Messi bilan yangi shartnoma imzolash imkonsiz.
La Liga bizni yarim asrlik qarzdorga aylantirib qo‘ydi, shuning uchun shartnoma imzolay olmadik. Klub futbolchi, murabbiy va direktorlardan ustunroq.
Messining qolishni xohlagani haqida
Messi qolishni xohladi. Shunday qiyin sharoitda oylab muzokaralarda ishtirok etganlardan minnatdorman. Bu jarayonni ma’lum vaqt ichida amalga oshirish kerak edi, chunki Messida boshqa taklif bor, uning ustiga moliyaviy feyr-pley qoidalari mavjud. Qaysidir nuqtada to‘xtash lozim edi.
Barchasi o‘zgarishi mumkinligiga umid haqida
Yolg‘on umid berish niyatim yo‘q. Leoda boshqa takliflar ham bor. Menimcha, moliyaviy feyr-pley o‘zgarmasa vaziyat ham o‘zgarmaydi, futbolchi o‘z kelajagi haqida bosh qotirishi lozim.
Dastlabki taklifimiz 5 yillik to‘lovlarga ega 2 yillik shartnoma edi. Messi har qanday vaziyatda bu taklif amalga oshishi uchun yordamga tayyor edi. Hammasi amalga oshadi, deb o‘ylagandik, ammo moliyaviy feyr-pley bunga imkon bermadi.
Maoshlar haqida
Ish haqi holati barqaror emas. Biz maoshlarni kamaytirish ustida ish olib boryapmiz. Bu uzoq yillik noto‘g‘ri boshqaruv natijasi. Yangi futbolchilar: Serxio Aguero, Erik Garsiya, Memfis Depay taklif qilingan maoshga rozi bo‘ldi.
«Barselona»ning qarzlari borasida
Biz zarar (2020/21 yilgi mavsum bo‘yicha) 200 mln yevro atrofida bo‘lib deb kutgandik, biroq aslini olganda u rekord darajadagi 487 mln yevroni tashkil qildi. Biz homiylar bilan yanada yaxshiroq ishlashimiz kerak.
Messidan keyin yangi futbolchilar sotib olish imkoniyati haqida
Messi bilan muzokaralar yakuniga yetdi, biz shartnoma imzolay olmadik. Moliyaviy ahvolimiz bunga imkon bermadi. Endi tarkibni yanada kuchliroq qilishga urinamiz.
Leosiz ham biz muammolar girdobida edik. Maoshlarga ketayotgan 110% daromad Messining shartnomasidan tashqari edi. Messidan keyingi davr ham muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonaman.
Undan tashqari Xoan Laporta agarda 110% lik ko‘rsatkich 70% gacha tushirilmasa, Serxio Aguero, Erik Garsiya va Memfis Depaylarni ham ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga duch kelish mumkinligi haqida gapirdi. Laporta klub bu masalani hal qila olishiga ishonishini ham bildirib o‘tdi.
Lionel Messi 18 yillik faoliyatidan so‘ng «Barselona»ni tark etdi. Shundan so‘ng Kataloniya jamoasi «Real Madrid»ning La Ligaga qarshi ochgan «urushi»ga qo‘shilgani haqida versiya paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi