
“Barselona”dan ketgan Lionel Messi PSJ bilan shartnoma borasida muzokara o‘tkazayotgani haqida xabalar tarqatilgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar argentinalik yulduzni ular bilan shartnoma tuzishga ko‘ndirish uchun o‘ta manfaatli taklifni ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, PSJ Messiga uch yillik shartnoma va yiliga 50 million yevro maosh va’da qilyapti.
Shuningdek, Lionel Messini PSJ bilan hamkorlik qilishga uning “Barselona”da birga o‘ynagan do‘sti Neymar va Argentina terma jamoasidagi sherigi Anxel Di Mariya ham ko‘ndiryapti. Messi hali bir qarorga kelgani yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar