Coca-Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- O‘zlaring guvoh bo‘ldinglar, kurashlarga, hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Biz "Paxtakor"ga o‘z o‘yinini o‘ynashga imkon bermadik deb hisoblayman. Fikrimcha mezbonlar bugun mavsumdagi eng yomon o‘yinlarini o‘tkazishdi. Biz ularga ko‘proq bosim qildik, afsuski yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. "Paxtakor"dan ko‘ra ko‘proq vaziyat bizda bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu futbol, himoyada xato qilmaslik kerak.
- "Nasaf" o‘yinida ozroq o‘sish bor, lekin yetarli emasdek. Bunga davralar oralig‘idagi tanaffus sababmi?
- Tanaffus sabab emas deb o‘ylayman. Ketma-ket ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Jismoniy tayyorgarligimiz joyida. Superligada biron jamoa bizning yigitlarimiz kabi yuguradiganini ko‘rganim yo‘q. Bugun biz pressingni yaxshi amalga oshirdik. Mag‘lubiyatga sabab tarkibimizda yetakchi futbolchilarning yo‘qligi bo‘ldi. Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgavoy kabi futbolchilarning yo‘qligi bizga juda ham pand berayapti. Marko Stanoyevichni oldinroqda chiqarsak, bizga foydasi ko‘proq bo‘lardi. Lekin tarkib bunga imkon bermadi. Bundan tashqari biz yetakchi va kuchli jamoalar maydonida harakat qildik. To‘g‘ri xulosa chiqaramiz, yetakchi futbolchilarimiz qaytsa, biz oldingi kabi o‘yinlarimizni ko‘rsatamiz.
- Oybek Bozorov asosan chap qanotda o‘ynar edi. Bugun u oldinga chiqarilgandek ko‘rindi...
- Bugun taktik uslubimizda ozroq o‘zgarish qilgandik. Oybek hujumchi ortida o‘ynashi kerak edi. Unga mezbonlarning asosiy hujumlari Odil Xamrobekov orqali boshlanadi. Bozorov uni zararsizlantirishi kerak edi. To‘g‘ri u hujumlarda ozroq xatoga yo‘l qo‘ygandir, lekin o‘z vazifasini yaxshi bajardi.
- Hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Hakamlar haqida ko‘p gapirmayman. Lekin bugun hissiyotga berilib ba’zi vaziyatlarda ularga e’tiroz bildirdim. Hakamlar biz bilan gaplashmang, bunaqa ohangda gapirmang deb aytayapti. Nima uchun gapirmasligimiz kerak, buni bilmadim. Biz haqorat qilganimiz yo‘q, hissiyotga berilgan vaziyatlarda fikr bildiramiz. Shu bilan futbolimiz qiziq emasmi? Jim o‘tiraversak maydondagi kurashni hech kim sezmaydi.
- AGMK bilan o‘yindan oldin jamoangizni jismoniy xolatidan qanchalik qoniqayapsiz?
- Bugun o‘yindan so‘ng futbolchilarga ko‘p harakat qilganliklari uchun minnatdorchilik bildirdim. Jismoniy tayyorgarligimiz bo‘yicha muammo ko‘rinmaydi. "Lokomotiv" va "Paxtakor" bilan o‘yinlarda yigitlar ko‘proq va tezroq ham yugurishdi. Albatta muhimi natija. Bizga ba’zi vaziyatlarda mahorat yetishmayapti. Bugungi o‘yinda mezbonlarda mahorat borligi uchun gol urib ketishdi. Biz 10 ta vaziyat yaratib gol ura olmayapmiz. Mehnat qilaversak natija ham o‘zi keladi. Futbolchilarga shuni ta’kidlayapmiz. 3 ta kuchli klub, kuchli murabbiylar bilan o‘ynashimizni, oson bo‘lmasligini bilardik. Shunga yarasha qildik.
Kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz. Vaziyatlarni sanab chiqsak, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Agar Norchayev yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanganida balki o‘yin boshqacha ko‘rinish hosil qilishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...